Блокчейн технологиялари
4.85 из 5, отдано 10 голосов
Diqqatingizga havola etilayotgan darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan blokcheyn texnologiyalari sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda blokcheyn texnologiyasining asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, blokcheynga o'tish mexanizmi, kriptografiya va kriptoanaliz, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ham ko'rsatilgan. Darslik oxirida blokcheynlar bo'yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Darslik oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.
Читать книгу «Блокчейн технологиялари» онлайн: