Jabrmaqom
3.95 из 5, отдано 25 голосов
Jabrmaqom
Tasviriy adabiyot (komiks). Sarguzasht janrida O’zbekiston hududi XX-asr boshida xonlik va SSSR hukumati orasida qolgan oddiy halq kundalik hayot tarzi hikoyasi.
Asar bosh qahramonlardan biri Kamolning Rossiyadagi uzoq muddatli o’qishini tugallab qaytgani bilan boshlanadi. Biroq ota-onasi uni kutilmagan yangilik bilan qarshi olishadi. Tungi dastirxon ustida Kamol ota-onasidan o’zining uylanishi haqidagi kutilmagan xabarni eshitadi. Lekin Kamolni kelishi bilanoq qarshi olgan muammo faqat shugina emas edi. Kamol to’yidan so’ng biroz vaqt o'tgach tunda ovloq joyda 3 kishi tomonidan jasad ko’milayotganini guvohi bo’ladi. U o’zi xoxlamagan tarzda qotillar e’tiborini tortgach qochishga majbur bo’ldi. Qotillardan qutulish uchun amaldor otasining idorasiga yugurgan Kamol u yerda qotillar aslida otasining qo’lida ishlashini tushundi.
Читать книгу «Jabrmaqom» онлайн: